G'oyalarni aniq, zamonaviy va his-tuyg'uli vizual yechimlarga aylantiraman — brend aydentikasidan tortib ijtimoiy tarmoq dizaynigacha.
24 yoshdaman va dizayn sohasida 4 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqdaman. Bu vaqt ichida turli xil loyihalarda ishlash imkoniyatim bo'ldi, tajriba oshirdim: ijtimoiy tarmoqlar uchun, print mahsulotlar uchun, saytlar hamda logotip va brend aydentika dizaynlari tayyorladim. Hozirda qadoqlash dizayniga qiziqishim ortib bormoqda.
4 yildan ortiq davomida turli sohalarda — ta'lim, savdo, marketing va media yo'nalishlarida — grafik dizayner sifatida ishladim.
Yumshoq mebel brendi uchun ijtimoiy tarmoq va marketpleys dizaynlari, shuningdek brend aydentikasini yangilash ustida ishlayman.
Nemis tili o'quv markazi uchun logotip, rang tizimi va vizual kommunikatsiyani qaytadan ishlab chiqdim.
Bolalar va o'smirlar uchun IT ta'lim markazida ijtimoiy tarmoq, reklama va ta'lim materiallari dizaynlarini ishlab chiqdim.
O'quvchilarga mentor sifatida grafik dizayn asoslarini o'rgatdim, shu bilan birga o'z bilimimni sinovdan o'tkazdim.
Tadbirlar uchun poster va taklifnoma dizaynlari, shuningdek futbolka va ijtimoiy tarmoq post dizaynlari yaratdim.
Turli sohadagi mijozlar uchun marketing dizaynlarini tayyorladim va jamoaviy ish tajribasini oshirdim.
Zamonaviy dizayn kasbini birinchi marta shu yerda o'rgandim — telegram, youtube va instagram uchun dizaynlar yaratdim.
Mebel brendi uchun ijtimoiy tarmoq dizaynlari va aydentikani yangilash.
Nemis tili o'quv markazi uchun logotip va vizual kommunikatsiya tizimi.
Bolalar IT ta'lim markazi uchun reklama va ta'lim materiallari dizayni.
Turli sohadagi mijozlar uchun keng qamrovli marketing dizaynlari.
Toshkent shahar, Vosit Vosidov ko'chasi, 15A